Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda metan gaz taqchilligi sabab haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Sirdaryoda metan gaz taqchilligi sabab haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Sirdaryoda metan gaz taqchilligi tufayli haydovchilar Toshkent-Guliston yo‘nalishini vaqtincha to‘sib qo‘ygan. Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha izohini e’lon qildi. 

«Bir necha kunlardan beri aholi o‘rtasida tabiiy gaz va elektr tokining taqchilligi bo‘layotganligi sababli e’tirozlar ko‘plab kelib tushmoqda. Shu jumladan gaz taqchilligi avtomobillarga gaz tarqatish shohobchalarida ham kuzatilmoqda. O‘z navbatida gaz qo‘yish shahobchalarida ko‘plab transport vositalari to‘planib qolishi oqibatida avtomashinalar navbat uzunligi bir necha yuz metrlarga yetmoqda.

2019-yil 27-noyabr kuni «Sheraton-servis» MChJ ga qarashli avtomobillarga gaz tarqatish korxonasi oldida bir qancha fuqarolar norozilik bildirib, shu yerda fuqarolar kutish joyidagi stullarni olib Toshkent-Guliston yo‘nalishini vaqtincha to‘sganligi, yo‘lda esa avtomashinalar tirband bo‘lib to‘xtab turganligi ko‘rsatilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Sirdaryo viloyati YHXB va Sirdaryo tumani IIB mas’ul xodimlari o‘rganilganda, ushbu gaz tarqatish shohobchasi bugun tongda ishga tushirilganligi, xaydovchilar esa kechadan beri navbat kutib turshganligini, soat taxminan 11:00 larda o‘zlarini O‘zbekiston Respublikasi «O‘zneftgaz» inspeksiyasi, Majburiy ijro Byurosi, «O‘ztransgaz» agentligi deb tanishtirgan xodimlar kelib gaz hisoblash moslamasini tekshirish uchun olib ketishganliklarini, navbatda turgan 5-6 nafar haydovchilar esa ushbu holatga o‘z noroziliklarini bildirib Toshkent-Guliston yo‘nalishini berkitishganligini bildirishgan».

Shundan so‘ng olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng u yerga yig‘ilgan haydovchilar tarqatilib, zudlik bilan yo‘lda harakat tiklangan, deyiladi izohda.

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan Farg‘ona vodiysida metangazga navbatlar ko‘payib ketgani xususida xabar berilgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring