Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV: Hamshira bemor bolaning buvisi tomonidan kaltaklandi

SSV: Hamshira bemor bolaning buvisi tomonidan kaltaklandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayol kishining hamshirani do‘pposlagani aks etgan videoxabar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, 2020-yil 5-yanvar kuni soat 19.00 lar atrofida Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining qabul bo‘limiga 2017-yilda tug‘ilgan bemor F.M.ning tana harorati yuqori ekanidan shikoyat qilib, amakisi hamda buvisi tomonidan murojaat qilinadi.

Qabul bo‘limi hamshirasi S.B. birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida bemorning tana haroratini o‘lchaydi. Tana harorati yuqori ekanini aniqlagan hamshira haroratni tushirish maqsadida paratsetamol shamchasini qo‘yish uchun bemorni muolaja xonasiga olib kirishni ko‘rsatadi. Shunda to‘satdan bemorning buvisi sababsiz hamshiraning shaxsiyatiga tegadigan haqorat so‘zlar bilan baqirib, uni kaltaklaydi.

Shunga qaramay, qabul bo‘limida navbatchi shifokor A.N. tomonidan bemor F.M.ga birinchi yordam ko‘rsatilgan va «O‘tkir respirator kasalligi» tashxisi bilan statsionar davolanishga yotqizilgan.

Kaltaklagan hamshira S.B. «Bosh miya chayqalishi, chap chakka sohasi yumshoq to‘qimalarining ezilishi» tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorning ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasiga murojaat qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring