Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda o‘zini yoqib yuborgan tadbirkor bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Surxondaryoda o‘zini yoqib yuborgan tadbirkor bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Foto: «Repost»

Kreditga olingan pullar evaziga ochgan kafesi joylashgan bino Termiz tumani hokimligi tomonidan buzib tashlangani sabab tadbirkor hokim qabuliga kira olmay, so‘ng o‘zini yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Surayyo Rahmonova ushbu hodisa yuzasidan «Kun.uz»ga ma’lumot berdi.

S.Rahmonovaning ma’lum qilishicha, 2019-yil 25-fevral kuni soat taxminan 11:20larda Termiz tumani, «Uchqizil» mahallasi, At-Termiziy ko‘chasi markazida Termiz tumani «Yangihayot» mahallasida yashovchi fuqaro B.E. o‘zi bilan olib yurgan 0.5 litr hajmdagi idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini ustiga sepib, zajigalka yondirgich orqali olov berib, o‘zini o‘zi yoqib yuborgan.

Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Viloyat sud tibbiy ekspertizasining 2019-yil 25-fevraldagi dastlabki 67-sonli xulosasida, fuqaro B.E.da tananing 15-20 foiz qismini I-II darajali alangadan termik kuyishi, yuqori haroratli alanga (olov) ta’sir mexanizmi natijasida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra «o‘rtacha» og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring