Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosida kuzatilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoga izoh berildi

Toshkent metrosida kuzatilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoga izoh berildi

Foto: «Wikipedia.org»

Bugun, 27-noyabr kuni, Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi bekatlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi stansiyalarda kuchlanishning qisqa muddatli pasayishi qayd etildi. Bu holatga «Toshkent metropoliteni» izoh berdi

Qayd etilishicha, soat 10:42da metroning «G‘afur G‘ulom», «Alisher Navoiy» bekatlarida yoritish moslamalari ishida nosozlik qayd etilgan hamda eskalatorlar harakati to‘xtab qolgan. Bir daqiqadan so‘ng, soat 10:43da, barqaror elektr ta’minoti to‘liq tiklangan. 

Ushbu hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir qilmagan. Poyezdlarning harakatiga elektr energiyasi yetkazib berishda boshqa ta’minotdan foydalaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring