Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkent paxta tozalash zavodi»da yong‘in sodir bo‘ldi

«Toshkent paxta tozalash zavodi»da yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent paxta tozalash zavodi

Bugun, 16-aprel kuni soat 17:13 da Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, «Tinchlik» MFY Munavvar ko‘chasida joylashgan «Real Tekst» MChJga qarashli «Toshkent paxta tozalash zavodi» hududida ochiq maydonga yoyib qo‘yilgan «Namangan-77» 5-navli paxta xom ashyosi yongan.

Yong‘in o‘chirish jangavor bo‘linmalari yong‘in joyiga soat 17:20 da yetib borgan. Sodir bo‘lgan yong‘in soat 17:30 da o‘rab olinib, soat 18:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga jami 3 ta yong‘in o‘chirish jangavor bo‘linmalar hamda 20 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 4 ta bunt taxminan 8000 tonna paxta xom ashyosi saqlab qolingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqish sababi, T-28 rusumli paxta ortish yuklama traktorining nosozligi deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring