Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda avtobus ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar bor

Toshkentda avtobus ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar bor

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda «ISUZU» rusumidagi avtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 7-may kuni soat 11:15 atrofida, «12-Avtobus saroyi» MChJ tasarrufidagi, saroy raqami 287 bo‘lgan, 130-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi «ISUZU» rusumli avtobus Nilufar 3-tor ko‘chasi bo‘ylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahasida Matiz rusumli yengil avtomobil avtobusni chap tomoniga kelib urilgan. Natijada avtobus muvozanatni yo‘qotib ag‘darilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l transport hodisasi «Matiz» haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisiga tan jarohati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi qatnashchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring