Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda IIBga chaqirilgan shaxsning bir kun o‘tmay murdasi topilgan. Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Toshkentda IIBga chaqirilgan shaxsning bir kun o‘tmay murdasi topilgan. Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda 41 yoshli Aleksandr Bocharov go‘yoki Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga joriy yilning 1-aprel kuni keltirilganidan so‘ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etganligi haqida xabar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Haqiqatdan, 1-aprel kuni soat 21.00 larda muqaddam to‘rt marotaba sudlangan Aleksandr Bocharov va yana ikki nafar fuqaro: muqaddam sudlanganlar 1979-yilda tug‘ilgan L.Dmitriy va 1970-yilda tug‘ilgan L.Anatoliylar bilan so‘rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan.

O‘rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so‘rovdan so‘ng uchchala shaxs qo‘yib yuborilgan, shu jumladan Bocharov Aleksandr ham.

2-aprel kuni ertalab soat 4.00-4.30 darda 30-uyning oldida Bocharov Aleksandrning murdasi topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgan, xususan, yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan yetishmovchiligi, ikki tomonolama o‘pka plevriti, bosh miya va o‘pka ishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring