Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda OITS yuqtirib olgan stomatolog odamlarni davolab yurgani aniqlandi

Toshkentda OITS yuqtirib olgan stomatolog odamlarni davolab yurgani aniqlandi

Videodan kadr

Toshkentda oliy ma’lumotli shifokor-stomatolog OITS yuqtirib oldi. Belgilangan tartibga ko‘ra, bu kasallikka chalingan stomatolog bu sohada faoliyat olib borishi mumkin emas. Ammo u buni bila turib, ish faoliyatini davom ettirib kelgani aniqlandi.

29 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqlar orqali bir qiz bilan tanishib, undan ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Uning aytishicha, oradan ikki oy o‘tib unda kasallik belgilari paydo bo‘lgan.

U shifokor bo‘lishiga qaramay, kasallik qanday yuqqanini bilmaydi, uchrashgan qizni esa qayta topa olmagan.

Unda kasallik aniqlangach, uning huquq va majburiyatlari eslatilgan. Belgilangan tartiblarga amal qilmasa, jinoiy javobgarlikka tortilishidan ogohlantirilgan. Shunga qaramay u odamlarni davolab yurgani aniqlandi.

Hozirda shifokor-stomatologga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring