Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurol bilan mashinaga o‘q uzgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda qurol bilan mashinaga o‘q uzgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda haydovchi rashk sababli tanishiga pnevmatik qurol bilan o‘q uzgani haqida xabar berilgandi.

Shahar IIBB ma’lum qilishicha, fuqaro S.Z. qo‘llagan pistolet sport pnevmatik quroli ekani aniqlangan. Qurol to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, mazkur qurolni faqatgina sport maydonchalarida qo‘llashga ruxsat etilgan.

Sudda ayblanuvchilar o‘zining qilmishidan pushaymon ekanini aytib, uzr so‘ragan. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgani uchun S.Z va u bilan janjallashgan G.A.ga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi.

Unga ko‘ra, S.Z. va G.A.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) binoan 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, bundan tashqari, ayblanuvchi S.Z.ga BHMning 5 barobari miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring