Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yalang‘och yurgan shaxs bo‘yicha IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Toshkentda yalang‘och yurgan shaxs bo‘yicha IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro yalang‘och holatda yurgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 10 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 02.00 larda 1977 yilda tug‘ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, yalang‘och holatda yurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring