Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi. IIBB izohi

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi. IIBB izohi

Foto: IIBB.

Joriy yilning 23 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida 10-sinf o‘quvchilari: 2006-yilda tug‘ilgan A.X. va D.O‘. shu maktabning 9-sinf o‘quvchilari: 2007-yilda tug‘ilgan Sh.E. va I.T.lar bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Janjal natijadasida Sh.E. va I.T.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, Sh.E. va I.T.larga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring