Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in kelib chiqdi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in kelib chiqdi

Foto: «Inatyrau.kz»

Bugun, 25-iyul kuni soat 13:48da Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kv.m maydonida yong‘in hodisasi yuzaga kelgan.

Voqea joyiga FVV va Toshkent shahar FVB rahbariyati vakillari chiqqan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 14:12 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘indan tomning 620 kv.m maydoni saqlab qolingan. Ofatni bartaraf etishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta avtonarvon jalb etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring