Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Muqimiy ko‘chasida yirik yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Muqimiy ko‘chasida yirik yong‘in yuz berdi

Foto: Xabar.uz

9-avgust kuni Toshkent shahar Muqimiy ko‘chasida joylashgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu xabarni shahar FVB ham tasdiqlagan. Unga ko‘ra, yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplapmasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring