Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Olmos jo‘ja» oshxonasida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi «Olmos jo‘ja» oshxonasida yong‘in chiqdi

Foto: FVV

Bugun, 2-iyul kuni soat 9:16 lar atrofida Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MChJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in oqibatida oshxona ichki va tom qismining 30 kv m maydoniga zarar yetgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 9:36 lar atrofida to‘liq bartaraf etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring