Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi spa-salonlarda «qo‘shimcha» xizmatlar aniqlandi

Toshkentdagi spa-salonlarda «qo‘shimcha» xizmatlar aniqlandi

Foto: IIBB

Spa-salonlarga karantin cheklovlari yechilib, ularning ishga tushishi ortidan shahar aholisi tomonidan ayrim muassasalarda fohishaxonalar majudligi haqidagi shikoyatlarning soni oshgan.

IIBB xodimlari tomonidan 2021-yilning 23 va 24-fevral kunlari Yakkasaroy tumanida profilaktik tadbirlar tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, bir qator spa-salonlarda «qo‘shimcha» xizmatlar taklif qilinayotgani bilan bog‘liq faktlar aniqlangan.

Spa-salonlar ma’muriyati va ishchilari bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari intim xarakterga ega noqonuniy xizmatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida ogohlantirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring