Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi universitetning 45 yoshli rektori vafot etdi

Toshkentdagi universitetning 45 yoshli rektori vafot etdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Janpolat Kudaybergenov 2023 yil 21 dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi.

«Professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovichning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, o‘z ishiga vijdonan yondashishi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi», deyiladi universitet xabarida.

Xabar.uz tahririyati marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring