Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysar tuya Toshkent—Moskva poyezdini kechiktirdi (video)

Qaysar tuya Toshkent—Moskva poyezdini kechiktirdi (video)

Skrinshot

Toshkent—Moskva yo‘lovchi poyezdi temir yo‘lga chiqib ketgan tuyani deb 44 daqiqa vaqtdan yutqazdi, bu haqda «Day.Az» xabar bermoqda.

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Volgabo‘yi temir yo‘llari matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, hodisa Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududda, Astraxan viloyatida yuz bergan.

«Hayvon (tuya) temir yo‘lga tushib olib, poyezd ketayotgan yo‘nalishda yugurib ketavergan. Mashinist signal chalib, tezlikni pasaytirishga majbur bo‘lgan», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Oqibatda poyezda belgilangan vaqtdan 44 daqiqa kechikkani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring