Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda ayollar janjali aks etgan video tarqaldi. IIB rasmiy ma’lumot berdi

Urganchda ayollar janjali aks etgan video tarqaldi. IIB rasmiy ma’lumot berdi

Videodan kadrlar

2021-yilning 8-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollarning o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu noxush holat 8 iyul kuni Urganch shahridagi «Jaloliddin Manguberdi» nomli mahallada sodir bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, «Jaloliddin Manguberdi» mahallasida yashovchi opa-singillar — 1986-yilda tug‘ilgan N.M. va 1988-yilda tug‘ilgan D.M. Urganch shahrining «Baynalmilalchi» mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan M.O. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda holat yuzasidan Urganch shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Videoda ayollardan biri og‘ir ahvolga tushib qolganini ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring