Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAutomotors» xodimlari ish tashlash uchun yig‘ilishdi

«UzAutomotors» xodimlari ish tashlash uchun yig‘ilishdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

«UzAutomotors» kompaniyasiga qarashli avtoturargoh haydovchilari norozilik sifatida ish tashlash qilishmoqchi.

Andijonlik bloger Otabek Nuriddinov «UzAutomotors» kompaniyasi avtoturargohidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilmoqda. Unda ishchilar oyliklari bir necha baravar qisqartirilib yuborilgani, murojaatlari esa bir necha oydan buyon inobatga olinmayotgani sabab norozilik sifatida ish tashlash uyushtirmoqchi bo‘lishayotgani aytiladi.

«20 000 so‘m oylik tushgan, aka. Shunchalik ham bo‘ladimi? Ishonasizmi, 450 so‘m oylik tushganlar ham bor. Xorazmgacha treyler haydab mashina tashiganman. 20 000 so‘m oylik ham to‘laydimi, axir?! Oilada yolg‘iz boquvchiman», deydi ishchilardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina o‘zida emas, hammada shunday oylik kam chiqqan. Oylik miqdorini ko‘rib chiqish bo‘yicha arz qilishganiga besh oy bo‘lgan, bo‘ldi hal qilamiz deyishgan. Lekin masala ortga surib kelinavergan.

Ikkinchi bir murojaatchining aytishicha, bir yil-u uch oy davomida oyliklar hisobida xato ketgan ekan. Hisobchilar kamomadni oyliklaringdan to‘laysizlar deb ta’kidlashgan.

«Biz rahbariyatdan norozimiz. Ularni o‘zgartirish kerak, ishchilar haqida qayg‘urmaydi. Besh oydan beri oylik olmay ishlayapmiz. Kechasiyu kunduzi tinmay ishlatishyapti, ammo oyliklar haqida gapirsak, birov bizni eshitmaydi», — deydi ishchilar.

Bloger ishchilar bilan suhbat uyushtirgach, rahbariyat izohini olishga harakat qilishini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring