Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda 11 yoshli bola fojiali tarzda halok bo‘ldi

Yangiyo‘lda 11 yoshli bola fojiali tarzda halok bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Yangiyo‘l tumanida velosiped haydab borayotgan 11 yoshli bola to‘satdan yo‘lning qatnov qismiga yiqilib tushadi va yuk avtomobili g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ladi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan ushbu holatga Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 2010 yilda tug‘ilgan bola velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobilining orqa g‘ildiraklari ostiga yiqilib tushgan.

YTH natijasida bolakay voqea joyida vafot etdi.

Hozirda holat bo‘yicha tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring