Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik asteroid Yerdan 6 mln km. uzoqlikda o‘tib ketdi

Yirik asteroid Yerdan 6 mln km. uzoqlikda o‘tib ketdi

Foto: «Nau»

Diametri 550 metr atrofidagi 1998 HL1 asteroidi 26-oktyabr kechasi Yerdan 6,21 mln. km. uzoqlikda o‘tib ketdi, deya xabar berdi «Space.com».

Bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan o‘n karra uzoqroq.

Garchi asteroid shuncha uzoqdan o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, NASA 1998 HL1 ni sayyoramiz uchun potensial xavf tug‘diruvchi osmon jismlari toifasiga kiritgan. Ushbu asteroid yana qaytadi, agentlik xabariga ko‘ra, bu voqea 2140-yilning oktyabr oyida 6,1 mln. km. uzoqlikda sodir bo‘ladi.

Infografika: «The Sun»

Shu tobgacha olimlar o‘lchamlari 140 metrdan katta bo‘lgan, Yerga 7 mln. kilometrgacha yaqinlashuvchi 8 mingta atrofida asteroidni aniqlashgan. NASA sayyorashunosi Lindli Jonsonning aytishicha, o‘lchamlari 20 metrgacha bo‘lgan va hali aniqlanmagan asteroidlar soni bir necha milliontaga yetishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring