Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YouTube» ofisiga qilingan hujumning sababi aniqlandi

«YouTube» ofisiga qilingan hujumning sababi aniqlandi

Foto: «tass.ru»

«YouTube»ning Kaliforniya shtati San-Bruno shahrida joylashgan shtab-kvartirasida otishma sodir etgan Nasim Najafi Agdam kompaniya u joylashtirayotgan videolarning ko‘rilganligiga oid statistikani muntazam ravishda kamaytirib borgani haqida shikoyat qildi. Bu haqda lenta.ru yozmoqda.

Masalan, Agdam joylashtirgan skrinshotda uning bir roligi 2016-yil 15-yanvargacha 182 ming marta ko‘rilgani, shu yilning 14-oktyabrigacha esa xuddi shu rolik 94 mingdan sal ko‘proq marta ko‘rilgani, ya’ni statistika kamaytirilgani ko‘rinib turibdi.  

«Videoni 366 ming marta ko‘rishgani uchun mening daromadim 10 sent bo‘lishi mumkinmi?», — degan alamzada Agdam. Uning otasi esa so‘nggi vaqtlarda qizi «YouTube»ga joylashtirayotgan videolarining ko‘rilganligidan tushayotgan daromad kamayib ketgani va bundan uning qattiq jahli chiqqanini aytdi.

Shuningdek, Agdam kompaniya ofisiga hujum qilishidan avval bir necha kun oldin oilasi politsiyaga uning yo‘qolganligi haqida xabar qilgani ma’lum bo‘ldi. 

Qizning otasi huquq-tartibot xodimlarini Agdam «YouTube» ofisiga borishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Huquq-tartibot xodimlari qizni «YouTube» ofisi joylashgan San-Mateo okrugiga chegaradosh Santa-Klara okrugida, mashinasida uxlayotgan holida topishgan, u bilan gaplashib, bu haqda uyidagilarga xabar berishgan, biroq uni tintib ko‘rishmagan.

Bir necha soatdan so‘ng esa qiz ofisda otishma sodir etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring