Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimlari «fuqaroni bosib olib ketgani» videosiga izoh berildi

YPX xodimlari «fuqaroni bosib olib ketgani» videosiga izoh berildi

Videodan skrinshot. 

27-aprel kuni «Paxtachida YPX xodimlari fuqaroni urib olib ketishmoqda» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holat 26 aprel kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan.

YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB YHXB YPX xodimlari I.Islomov, F.Davronov va F.Xayitovlar Paxtachi tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtlarida «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi transport vositasini shubxali boshqarishi bilan e’tiborni o‘ziga tortgan. YPX xodimlariga yaqinlashgan vaqtda to‘satdan ortga qaytib olib harakatlangan.

YPX xodimlari xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan «Lasetti» rusumli avtomobilda haydovchining ortidan kuzatib borishgan.

Haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilib, YPX xodimlari haydovchi bilan o‘zaro muloqot qilgan vaqtda haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelgan va tekshirish maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etilgan.

Tibbiy ko‘rikda agar mastlik holati tasdiqlanadigan bo‘lsa chora ko‘rilishi mumkinligini bilgan haydovchi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, haydovchining mastlik holati tasdiqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va «Damas» rusumli avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring