Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda Yangi yil archalariga nima bo‘lyapti? Biri qulab tushsa, boshqalari yonib ketyapti

Yurtimizda Yangi yil archalariga nima bo‘lyapti? Biri qulab tushsa, boshqalari yonib ketyapti

Foto: «t.me/xushnudbek»

Bugun, ya’ni 27-dekabr kuni Navoiy shahar markazidagi Yangi yil archasi to‘liq yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyat hokimligi binosi orqasida bezatilgan bayram archasi yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar ko‘p o‘tmay yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.

Joriy yil 23-dekabr kuni Farg‘onada bayram archasi yonib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Oradan uch kun o‘tar-o‘tmas, ya’ni 26-dekabr kuni Termizda o‘rnatilgan viloyat bosh archasi kuchli shamol tufayli qulab tushgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring