Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda qarg‘alarning ommaviy o‘limi qayd etildi

Zarafshonda qarg‘alarning ommaviy o‘limi qayd etildi

Zarafshon shahrining «Oltin vodiy» gazetasiga aholi tomonidan qarg‘alar «qabristoni» haqida ma’lum qilingan. Bu holat shaharning «Marvarid» ko‘chasidagi yo‘l yoqasida (mo‘ljal: Zarafshon qurilish boshqarmasi ma’muriy binosi, gipermarket tugallanmagan qurilish ob’yekti) aniqlangan.

Bu yerda shaharliklar ko‘plab qarg‘alar o‘lib yotganiga guvoh bo‘lishgan.

Ushbu holat yuzasidan shahar obodonlashtirish, veterinariya bo‘limi hamda ekologiya inspeksiyasiga murojaat qilingan. Mutasaddi tashkilotlar voqeadan bexabar ekanligi, ammo yaqin orada o‘rganilib, qarg‘alar o‘limiga nima sabab bo‘lganiga izoh berilishini ma’lum qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring