Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zominga kuchli sel keldi (video)

Zominga kuchli sel keldi (video)

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Zomin tumaniga kuchli sel kelgani haqida video tarqaldi.

Qayd etilishicha, sel to‘satdan dam oluvchilar hududiga kelgan. Hatto mashinalarni ham oqizgani aytiladi.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

Avvalroq «O‘zgidromet» 10-14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Zomin tumanida may oyi boshlarida ham kuchli sel kuzatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring