Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotayotganlar ushlandi

1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro F.N. va I.P.lar oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U.ga 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring