Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yil. Qanday turdagi jinoyatlar kamaydi? Qancha fuqaro sud zalidan ozodlikka chiqarildi?

2018-yil. Qanday turdagi jinoyatlar kamaydi? Qancha fuqaro sud zalidan ozodlikka chiqarildi?

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat ustuvorligini ta’minlash borasida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy vakili A.Obidovning «Xadar.uz»ga ma’lum qilishicha, 2018-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 48 581 nafar shaxsga nisbatan 38 133 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2017-yilga nisbatan shaxslar bo‘yicha 37,2 foizga, ishlar bo‘yicha esa 35,5 foizga kamaygan.

Jumladan, 867 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 35 706 nafarni tashkil etib, shundan 8 730 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 24 902 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 2 074 nafar shaxs shartli hukm qilindi.

Shuningdek, 3 290 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 30 171 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 9 785 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi, 8 144 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

2017-yilga nisbatan 2018-yilda ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, pora olish va berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, bezorilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, transport vositasini olib qochish, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 9 486 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan 343,6 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 3 785 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Bundan tashqari, A.Obidov alohida qayd etadiki, o‘tgan yili 17 613 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 46,2 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 576 nafar shaxsga nisbatan 1 236 ta ish ko‘rib chiqildi. 827 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 522 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring