Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2,8 mlrd. kredit uchun 15 ming AQSh dollari «shapka» so‘raldi. Oqibatda...

2,8 mlrd. kredit uchun 15 ming AQSh dollari «shapka» so‘raldi. Oqibatda...

Foto: «Goodfon.ru»

Surxondaryoda 2,8 mlrd. so‘m kredit evaziga 15 ming AQSh dollari miqdorida «shapka» so‘raganlar qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro M.M. va boshqalar «Z.A.» MChJ rahbari R.ga yog‘ ishlab chiqarish zavodini qurishi uchun bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 2,8 mlrd. so‘m kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 AQSh dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. «Hojatbarorlar»ni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbir mahkama huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgani aytiladi.

Holat yuzasidan M.M. va boshqalarga nisbatan firibgarlik (168-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring