Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi

3 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi

Foto: «Kubnews.ru»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga kengash matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. Yig‘ilishda 5 yillik vakolat muddati tugagan bir necha nafar sudyalarni yangi muddatga tayinlash, shuningdek, ayrimlarini (vakolat muddatiga) qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Tayinlovga oid barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ochiq-oshkora o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari ham hozir bo‘lishdi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 6 nafar nomzod navbatdagi 10 yillik muddatga, yana uch nafar sudya vakolat muddatiga qayta tayinlandi, 2 nafari zaxiraga qoldirildi. Zaxirada qolganlarga bir oydan keyin yana bir bor o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, kengash sudyalik faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 4 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ham muhokama qildi.

Pirovardida, ularning 3 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi, bir nafariga nisbatan rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, sudyalarga nisbatan intizomiy choralar (Sudyalar oliy kengashi rozilik bildirganidan so‘ng) tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring