Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi yer uchastkalari qanday tartibda olib qo‘yilishini eslatdi

Adliya vazirligi yer uchastkalari qanday tartibda olib qo‘yilishini eslatdi

Foto:«Sensorika»

Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan tegishli hokim yoki Hukumat qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali bu haqda eslatib o‘tdi.

Yer egasi yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yer uchastkasini olib qo‘yish va uylar hamda boshqa imoratlar, inshootlarni buzish, dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi qaror bosh rejalarga, turar joy tumanlarini rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarida uylar va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko‘chirib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring