Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi: jami 53 mingdan ziyod murojaatning 80 foizi hal etildi

Adliya vazirligi: jami 53 mingdan ziyod murojaatning 80 foizi hal etildi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligida bo‘lib o‘tgan majlisda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida 2019 yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar, davlatimiz rahbari tomonidan adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan qator farmon va qarorlarining hisobot davridagi ijrosi, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda ta’minlanayotganlik darajasini o‘rganishga qaratildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Keltirilishicha, vazirlik tashabbusi bilan 161 ta normativ-huquqiy hujjatlar (2017 yil 1 yarmida 73 ta, 2018 yil 1 yarmida 121 ta), shu jumladan 31 ta qonun, 50 ta Prezident hujjatlari, 57 ta Hukumat hujjatlari, 23 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. 1 273 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshdi.

Vazirlik tizimining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularda ko‘tarilgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hisoblanadi

Kelib tushgan jami 53 ming 300 dan ortiq murojaatlarning qariyb 42 ming 900 dan ortig‘i (ya’ni, 80 foizi) qonuniy hal etildi. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda 24 ming ta murojaat qabul qilinib, ularning 93,1 foizi qonuniy hal etildi. Hisobot davrida 10 ming 743 ta (2018 yil 1 yarmida 3 ming 430 ta) taqdimnoma, 40 ming 764ta (2018 yil 1 yarmida 8 ming 469 ta) ogohnoma kiritildi, 4 ming 397 nafar shaxslar ma’muriy (2018 yil 1 yarmida 513 nafar), 6  ming  774 nafar shaxs (2018 yil 1 yarmida 1 ming 383 nafar) intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 283 nafar (2018 yil 1 yarmida 161 nafar) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga 6 mlrd 714 mln so‘mdan ortiqroq mablag‘lar undirib berildi, mansabdor shaxslarning noqonuniy 75 ta hujjatlarning ijrosi to‘xtatildi, 1 314 tasi bekor qilindi.

Shuningdek, sudlarga 52 mlrd. 515 mln. so‘mlik 6 937 ta da’volar kiritilib, 21 mlrd. 422 mln. so‘mlik 6 006 ta da’volar qanoatlantirildi. (2018 yilning 1 yarmida 14 mlrd. 920 mln. so‘mlik 2 467 ta da’vo ariza kiritilgan, 11 mlrd 816 mln so‘mlik 4 709 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan).

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 169 mingdan ortiq (2018 yil 1 yarmida 46 749 ta) targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga oshdi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 6 mln. 600 mingdan ortiq (2018 yil 1-yarmida 1 mln 202 mingta) xizmatlari ko‘rsatildi. Bu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 baravarga ortdi.

Davlat notarial idoralari tomonidan 1 mln. 900 mingdan ortiq harakatlar rasmiylashtirilib (2018 yil 1-yarmida 2 mln 263 ta), 360 mlrd. so‘m (2018 yil 1-yarmida 307 mlrd.) miqdorida davlat boji, 24 mlrd. (2018 yil 1-yarmida 13 mlrd) gerb yig‘imlari va 99 mlrd. (2018 yil 1-yarmida 32 mlrd.) pullik xizmat undirildi.

Majlis davomida amalga oshirilna ijobiy ishlar bir bir qatorda soha faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan tizimli xato va kamchiliklar, muammoli masalalar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham so‘z bordi.

Adliya organlarining xalq bilan muloqotga kirishishida ayrim xodimlarning loqaydligi, adliya bo‘limlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati ustidan tizimli nazorat o‘rnatilmaganligi, hududlarga biriktirilgan mas’ullarning beparvoligi oqibatida yuzaga kelayotgan xolatlarning achinarligi ekanligi qayd etildi. Yangiyo‘l, Bo‘stonliq, Shahrixon tumani adliya bo‘limlari hamda Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari bu kabi masalalarga e’tiborni kuchaytirishi kerakligi aytib o‘tildi.

Ma’lumki, adliya organlariga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-son qarori bilan bir martalik aksiya doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash choralarini amalga oshirish yuklatilgan. Biroq bu borada tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatida Kogon tumanida 3 646 ta, G‘ijduvon tumanida 1 822 ta, Buxoro tumanida 1 228 ta, Romitan tumanida 1 225 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 1 888 ta, Sho‘rchi tumanida 1 108 ta hamda Qarshi shahrida 1 176 ta holatda yig‘im to‘langan bo‘lsada, tuman (shahar) hokimlarining qarorlari o‘z muddatida qabul qilinmagan. Mazkur holatlar yuzasidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmasdan kelinmoqda.

Shuningdek, majlisda vazirlikning ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasidagi faoliyati ham ko‘rib chiqildi.

Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limlarida murojaatlar bilan ishlash talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda.

Xabaringiz bor, adliya tizimida korrupsiyaga qarshi keskin kurash boshlaganmiz, shu sababli korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda choralar ko‘rib kelinayapti. Tadbirda kayd etilishicha, notarial idoralarda ishlayotgan xodimlar bundan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarmayotgani ham aytildi.

Masalan, 1 iyundan “SMS xabar” elektron tizimi joriy etildi. Joriy yilning 6 – 17 iyun kunlari Tizimga kiritilgan telefon raqamlari tahlil qilindi. Tahlilda 2 243 ta (3%) notarial harakatlarni amalga oshirishda xodimlar yoki “o‘rtakashlar”ning telefon raqamlari kiritilganligi aniqlandi.

Ushbu talablarini buzgani uchun 3 nafar notarius, 3 nafar kotib va 1 nafar stajyor ishdan haydaldi, 13 nafar notarius, 5 nafar kotib va 1 nafar stajyorga nisbatan “jarima”, 32 nafar notarius, 4 nafar kotib va 2 nafar yordamchiga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Huquqiy trg‘ibot sohasida tahlillar ayrim idoralar muhim qonun hujjatlari mazmunini aholiga tushuntirish bo‘yicha ham yetarli ishlar qilmayotgani aytildi.

Yig‘ilish mavjud kamchiliklar tahlil etilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar beligilandi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring