Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda tuman DSI bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda tuman DSI bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon tuman davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i J.Q.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tuman DSI bo‘lim boshlig‘i jismoniy shaxslardan olingan daromad solig‘ining ortiqchasini qaytarish yuzasidan o‘zicha soxta xulosalarni tuzib, ushbu pul mablag‘larini qarindoshi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O. nomlariga ochilgan plastik kartalar o‘tkazib, talon-taroj qilgan. Shunday «o‘yin» orqali u 106,7 mln. so‘m pulni o‘zlashtirgani aytiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring