Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtobusda yo‘lovchilar uchun nimalar taqiqlanadi?

Avtobusda yo‘lovchilar uchun nimalar taqiqlanadi?

Foto: «Gazeta.uz»

Avtobusda yurganda nimalar qilmaslik lozim? Adliya vazirligi matbuot xizmati bu haqda ma’lumot berib o‘tdi.

Yo‘lovchilar avtobusda quyidagi harakatlarni amalga oshirishi taqiqlanadi.

— yo‘lovchilarning mast holda yurishi;
— alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
— haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
— oynadan tashqariga osilish;
— tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
— o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
— salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring