Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobillarni ijaraga berish osonlashadi

Avtomobillarni ijaraga berish osonlashadi

Foto:«Xabar.uz»

Qonunchilik palatasi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. 

Unda avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkinligi belgilab berilmoqda.

Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlar yengillashadi, ijara bozori rivojlanadi. Shuningdek, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring