Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bezorilik: qonunda unga nisbatan qanday jazo ko‘zda tutilgan?

Bezorilik: qonunda unga nisbatan qanday jazo ko‘zda tutilgan?

«Huquqiy axborot» kanali bezorilik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik bo‘lishi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agar bezorilik sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab sodir etilsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlik 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring