Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi zo‘ravon IIB xodimlari «ishi» sudga oshirildi

Chiroqchidagi zo‘ravon IIB xodimlari «ishi» sudga oshirildi

Shu yilning yanvar oyida Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Langar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Yu. A. chorva mollari o‘g‘irligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Holat bo‘yicha o‘sha paytdayoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bir necha IIB xodimi hibsga olinishidan tashqari tuman va viloyat IIBdagi qator mas’ul xodimlar ishdan olingandi.

Bugun bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Chiroqchi voqeasi» yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tdi.

Unga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi doirasida besh nafar IIB xodimiga nisbatan ayb e’lon qilinib, ularning ikki nafariga qamoq, uch nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Jinoyat kodeksining qator moddalaridan iborat «delo» bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi, dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring