Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chustda bozordan kiyim o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga tushdi

Chustda bozordan kiyim o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga tushdi

Foto: «Vmnews.ru»

23-oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 22-oktyabr kuni soat 11:00 larda Chust shahridagi buyum bozorida savdo qilib turgan vaqtida noma’lum shaxs, rasta ustida turgan narxi 1.100.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi ikki nafar ayol sodir etganliklari aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring