Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Cnayper miltig‘ining «optik nishoni» chegarada ushlab qolindi

Cnayper miltig‘ining «optik nishoni» chegarada ushlab qolindi

Foto: Customs.uz

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz qurol-yaroq va o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan qurol-yaroq, o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar hamon ko‘zga tashlanmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «S.Najimov» chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro D.Yo. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1 dona «Dragunov snayperlik miltig‘i»ning nishonga olish «optik nishoni» qismini yashirib olib o‘tayotganligi fosh qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring