Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dentafill Plus» — hududiy boshqarmaga qarshi. Sud yana qoldirildi

«Dentafill Plus» — hududiy boshqarmaga qarshi. Sud yana qoldirildi

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, «Dentafill Plus» MChJ («Torimed Pharm»ning huquqiy vorisi) javobgar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga bergan shikoyat arizasi Yunusobod tuman ma’muriy sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

2019-yil 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudning ajrimi bilan uchinchi shaxs «Colgate – Palmolive Company» kompaniyasi vakilining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Torimed Pharm» MChJga qo‘zg‘atilgan 09/09-sonli ish bilan tanishish va ishni boshqa kunga qoldirish haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilib, ishni ko‘rish 2019-yil 12-iyul 11:30ga qoldirilgan edi. 

Oliy sud Matbuot xizmati boshlig‘i v.b. Olimjon O‘sarovning ma’lum qilishicha, kecha mamlakatimizning yetakchi internet nashrlari e’tiborga tushgan mazkur sud jarayoni davom ettirilgan va unda arizachi «Dentafill Plus» MChJ shikoyatga qo‘shimcha ravishda ariza va hujjatlar taqdim qilgan.

Sudning ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 3-shaxs sifatida ishga jalb qilingan va ishni ko‘rish 2019-yil 23-iyul kuni soat 11:00ga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring