Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DTMda navbatdagi mag‘lubiyat — «Gazeta.uz» sudda yutdi!

DTMda navbatdagi mag‘lubiyat — «Gazeta.uz» sudda yutdi!

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoyasi vaji bilan «Gazeta.uz» va uning kolumnisti Komil Jalilovni sudga berib, 200 million so‘m tovon talab qilayotgani xabari berilgandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida ikki oy davom etgan sud natijasiga ko‘ra, Davlat test markazi da’vosi asossiz deb topilib, rad etildi.

Sirasini aytganda, Davlat test markazi elektron nashr va muallifni matbuot anjumanida bergan savoli uchun sudga tortgandi. Matbuot anjumanida yangragan savol  Sirdaryo viloyatida o‘qituvchilar o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilgani, undagi  past ko‘rsatkichlar (test) savollardagi mavhumliklarga bog‘liq emasmi, mazmunida edi.

Mazkur savol-javoblardan kelib chiqqan holda e’lon qilingan maqolaga e’tiroz bildirar ekan, DTM ular (savollar) bazasida mutlaqo mavjud emasligini  bildirib, (maqola) «...test markazi rahbariyati va xodimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning mehnat unumdorligining kamayishiga, asabiylashishiga olib kelgani»ni ta’kidlaydi va buning ma’naviy tovonini 200 million so‘mga baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu Davlat test markazining sudda birinchi marta yutqazishi emas. O‘tgan yili buxorolik  Sarvinoz Ibragimova  hamda jizzaxlik abituriyent Davron Tursunov sudga murojaat qilib, DTMning aybi bilan talabalar safidan o‘rin olishmaganini isbotlab berishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring