Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Davlat test markazi «xodimi»ni qo‘lga oldi

DXX Davlat test markazi «xodimi»ni qo‘lga oldi

Foto: «Department»

Qaroqalpog‘istonda fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga «Ali» ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring