Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX katta miqdordagi narkotiklar kontrabandasini fosh qildi

DXX katta miqdordagi narkotiklar kontrabandasini fosh qildi

DXX bir nechta viloyatda katta miqdordagi narkotiklar kontrabandasiga chek qo‘yganini e’lon qildi.

SAMARQAND: Paxtachi tumanidagi YPX maskanida «Spark» avtomashinasida 2 nafar fuqaro yonida 10 kg «opiy» giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu «ajal og‘u»sini Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirishgan.

SURXONDARYo: Termiz tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 2 kg. 60 gr «opiy» moddasini 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular Tojikiston Respublikasidan keltirilgan bu giyohvandlik vositasini termizlik fuqarodan 28 ming AQSh dollariga sotib olganliklari aniqlanib, u ham ushlandi.

SIRDARYo: DXX va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida «Bekobod-Guliston» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Neksiya» rusumli avtomashinasida tojikistonlik fuqaro yonida 1 kg «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlab qo‘lga oldi. U narkotikni Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazishni rejalashtirgan.

FARG‘ONA: Tojikiston fuqarosi o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayol bilan Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga borib, Tojikiston Respublikasidagi narkosavdogardan 11 ming AQSh dollariga sotib olingan 976 gr. «opiy» va 994 gr. «gashish» giyohvand moddalarini kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga o‘tkazadi. So‘ngra ular narkotik moddalarni olib qaytayotgan vaqtlarida Marg‘ilon shahrida DXX tomonidan ushlandi.

Boshqa holatda esa Yozyovon tumanidan Marg‘ilon shahri tomon harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Unda Marg‘ilonda yashovchi 2 nafar fuqaroning yonida Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan 698 gr. «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

TOShKENT v. Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Mastchoh tumanida yashovchi shaxs 1 kg 961 gr «gashish» moddasini shartli xaridorga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

NAMANGAN: Yangiqo‘rg‘on tumanida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomashinada ketayotgan fuqaroning yonida 968 gr. «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u mazkur narkotik moddani Qirg‘iziston Respublikasidagi tanishidan 7 ming AQSh dollariga sotib olib, uchinchi shaxslar imkoniyatlari orqali Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 14 kg 734 gr. «opiy» va 3 kg 923 gr. «gashish» moddalari musodara qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring