Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Surxondaryoda yirik «o‘lja»ni qo‘lga tushirdi

DXX Surxondaryoda yirik «o‘lja»ni qo‘lga tushirdi

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotiklar musodara qilindi.

Xususan, 1982 y.t. mahalliy fuqaro 28 kg 895 gr. «opiy» hamda 2 kg «gashish» moddalarini, shuningdek, boshqa bir holatda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlangan, 1962 va 1970 yillarda tug‘ilgan aka-uka 9 kg 161 gr. «opiy» va 446 gr. «geroin» moddalarini kelgusida sotish maqsadida qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlanishicha, har ikki holatda ham giyohvand moddalar afg‘onistonlik narkokur’yerlar tomonidan mamlakatimiz hududiga olib o‘tilgan.

Sariosiyoda kuzatilgan holatda tojikistonlik narkokur’yerlar tomonidan tumanning tog‘li hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga berkitib ketilgan 28 kg 506 gr. «opiy» moddasini qabul qilib olgan, 1990 y.t. mahalliy fuqaro ushlandi.

DXX xodimlarining Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa 1969, 1970 va 1990 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 481 gr. «opiy» moddasini 9400 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

DXX, IIV hamda Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Termiz tumani «Manguzar» YPX maskanidan o‘tib, viloyat markazi tomon harakatlanayotgan «Spark» rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Denov tumanida yashovchi, 1985 y.t. mahalliy fuqaroga tegishli yuk sumkalarida Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 45 kg 913 gr. «gashish» borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 67 kg 43 gr. «opiy», 47 kg 913 gr. «gashish» hamda 446 gr. «geroin» giyohvand moddalari musodara qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring