Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer olib beraman deb yeb ketdi

Yer olib beraman deb yeb ketdi

Foto: «Promdevelop.ru»

2020-yil fevralda 38 yoshli Shuhratjon A. o‘zgalar mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida tanishi Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Rahmatillo qishlog‘ida yashovchi 29 yoshli No‘monjon R.ga Naymancha MMTP hududidan fermer xo‘jalik yerlarini olib berishni aytgan. Lekin 6100 AQSh dollar pul mablag‘larini olib, bergan va’dasini bajarmasdan o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shuhratjon A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring