Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada chaqalog‘ini sotayotgan ona qo‘lga tushdi

Farg‘onada chaqalog‘ini sotayotgan ona qo‘lga tushdi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 1-sentyabr kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida chaqalog‘ini sotayotgan ona ushlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 24 yoshli G.S. (ayol) voyaga yetmagan 1 yoshli farzandi Sh.T.ni 1.500 AQSh dollariga sotishga kelishib, Farg‘ona shahar Sh.Rashidov ko‘chasida farzandi uchun kelishilgan puldan 500 AQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan. Undan o‘rnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G.S. mazkur jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring