Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati IIB jinoyat qidiruv xodimlari Farg‘ona shahar IIO FMBdagi hamkasblari bilan birgalikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan M.A. ni qo‘lga olishdi.

Shuningdek, Qo‘qon shahar IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkasblari bilan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan M.M.ni ushlashdi.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.X. Bag‘dod tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

«Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi», deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring