Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qotillik: fermer xo‘jaligi rahbari janjal qurboni bo‘ldi

Farg‘onada qotillik: fermer xo‘jaligi rahbari janjal qurboni bo‘ldi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 18-mart kuni soat 11:30lar chamasida O‘zbekiston tumani, Yangi Hayot qishlog‘ida yashovchi F.M. (1995-y.t., sudlanmagan, ishchi) shu tumandagi fermer xo‘jaligi rahbari Sh.A. bilan suv talashib, o‘zaro janjallashadi. Janjal jarayonida F.M. qo‘lidagi temirdan yasalgan bog‘ qaychisi bilan fermer xo‘jaligi rahbarining boshiga bir necha marta qasddan uradi. Buning natijasida Sh.A. voqea joyida vafot etadi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi («Qasddan odam o‘ldirish») jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Ayni paytda F. M. hibsga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring