Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farzandini 9000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qamaldi

Farzandini 9000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qamaldi

Toshkent viloyatida er-xotin o‘zining bir yoshli o‘g‘lini 9000 dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, I. S. 2019-yil 17-iyun kuni soat 14:00larda o‘zining shar’iy nikohida bo‘lgan xotini T. G. bilan oldindan til biriktirib, 2018-yil 26 -oktyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini sotib yubormoqchi bo‘ladi.

Shu maqsada Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Jiz-biz» deb nomalangan kafeda I. Sabohat bilan kelishib, undan 9000 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Er-xotinga nisbatan JK 135 moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

«2018 yilda biz turmush o‘rtog‘im I. S. bilan turmush qurganmiz. Shundan so‘ng biz o‘g‘il farzandlik bo‘ldik. Shu vaqtda turmush o‘rtog‘im bilan vaqtincha ishsiz bo‘lib qoldik. Ayollar salonida T. bilan tanishib qoldik va men unga ahvolimiz haqida aytib berdim. Bolani parvarish qilishda qiynalib qolganimizni tushuntirdim. So‘ng T. bizni I. Sabohat bilan tanishtirib qo‘ydi. Bola uchun 9000 dollar miqdorida pul olishga kelishdik. Bolani o‘zimiz parvarish qilishga imkonimiz bo‘lmagach, shu yo‘l bilan uning kelajagi yaxshi bo‘lishiga ishongan edik», — deydi bolaning onasi.

Sud ayblanuvchilarga nisbatan ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi.

Unga ko‘ra, T. G. JK 135-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llab 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.  Jazoni o‘tash muddati 2021 yil 2 fevraldan hisoblanishi ma’lum qilingan.

I. S. JK 135-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llab 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni o‘tash muddati 2021 yil 2 fevraldan hisoblanishi malum qilingan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring