Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hamroqulov ishi»ga oid ochiq sud majlisiga jurnalist kiritilmadi

«Hamroqulov ishi»ga oid ochiq sud majlisiga jurnalist kiritilmadi

Foto:«Xabar.uz»

Andijonda shov-shuvli jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqila boshlandi. Mazkur ish og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kirmaydi. Uning shov-shuvga sabab bo‘lgani - Andijon shahar IIB xodimi  fuqaro J. Hamroqulovni kaltaklab, momataloq qilvorganiga qaramay oxir-oqibat ayblanuvchiga emas, aksincha, jarblanuvchiga aylanganidadir. Garchi holatga Bosh prokuratura o‘z vaqtida izoh bergan bo‘lsa-da,  ochiq qolgan savollar ko‘pligi bois ayni voqelikka jamoatchilikning qiziqishi katta edi.

Kuni kecha mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi boshlandi. Biroq  jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisiga  «Sevimli» kanalining  «Zamon» dasturi muxbiri qo‘yilmadi.  Tuman sudi tomonidan bunga izoh berilmagani ham aytilayotir.

«IIB xodimi tomonidan kaltaklangan fuqaroning sudida ommadan yashiriladigan gaplar bormidi?» deya og‘riqli savol qo‘yadi telekanal xodimi.          

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring